Laboratoriya  ishi № 3.
Mavzu: Internet bilan tanishish. Internet Explorer dasturi bilan ishlash.

Ishning maqsadi: Internet bilan tanishish. Internet Explorer dasturi bilan ishlashni o`rgatish va amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Kutilayotgan natija: Internet bilan tanishish. Internet Explorer dasturi bilan ishlash haqida  nazariy va amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi. 
Laboratoriya jihozlari: Tarqatma topshiriqlar,  kompyuterlar.
Ish rejasi:

Nazariy ma’lumotlar:
Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon global komputerlar tarmog’idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) komputer tarmoqlarini birlashtiruvchi informatsion tizim bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan virtual to’plamdan iborat bo’ladi.     
Internetga ishlash uchun provayder tashkilotlarning xizmati alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda O’zbekistonda bir qancha provayder tashkilotlar mavjud. Bularga: Uzpak, Sarkor, Uznet, Buston va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin. Ularning Internet tizimida sahifa manzillari mavjud. Misol uchun:  
    www.uzpak.uz
    www.sarkor.uz,
    www.tps.uz
    www.uzsci.net,
   www.intal.uz  va  hokazo.
Mana shu provayder tashkilotlar internetda ishlash imkoniyatini to’liq yaratib beradi. Ular internetda ishlash qulayligini ta’minlaydigan quyidagi parametrlarni o’z zimmasiga oladi:
- modem orqali telefon qila olish qobiliyati;
- aloqa tezligi va sifati;
- internetga bog’lanish va ma’lumotlarni uzatish tezligi. 
Bugungi kunda internetning WWW xizmati tobora rivojlanib, mukammal ma’lumotlar manbaiga aylanib bormoqda. Uning yordamida istalgan sohada,  istalgan mavzuda va istalgan vaqtda ma’lumotlarni qidirib topish, ulardan foydalanish, zarur bo’lganda ulardan nusxalar olish mumkin. Internetning ushbu xizmat turidan foydalanish uchun avvalo mijoz komputerida xuddi shunday imkoniyatlarni yaratib beruvchi maxsus dasturiy ta’minot bo’lishi zarur. Bunday dasturlar ta’minotini odatda brouzerlar (browsers) deb atashadi. Dunyoda eng ko’p foydalaniladigan brouzerlardan biri - bu Internet Explorer hisoblanadi. Internet Explorer dasturidan odatda Windows operatsion tizimida ishlovchi mijozlar ko’proq foydalanishadi. 

Ishni bajarish tartibi:

1.Internet Explorer dasturini ishga tushirish boshqa amaliy dasturlar singari asosiy menyu yordamida (1-rasm) yoki ish stolida joylashgan “Internet Explorer” yo’rlig’iga (agar mavjud bo’lsa) murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.  

Natijada Internet Explorer dasturining ishchi oynasi namoyon bo’ladi.
2. Internet qidiruv tizimiga kirish.
Internet bilan ilk bora ishlayotgan foydalanuvchilar dastlab internetdagi qidiruv tizimlaridan foydalanib, kerakli ma’lumotlarga tez kirib borishlari mumkin. Foydalanuvchi biror qidiruv tizimiga kirish uchun mazkur oynaning Adres: deb nomlangan “Ro’yxatlar satri”ga murojaat qilishi zarur. Bu qanday amalga oshiriladi?
Masalan, biz  Rambler qidiruv tizimida ishlamoqchi bo’lsak, ro’yxatlar satriga
http://www.rambler.ru
ko’rinishda qidiruv tizimining nomini klaviatura yordamida kiritib, [Enter]ni bosishimiz kifoya (2-rasm).

Natijada ekranda Rambler qidiruv tizimining sahifasi nomayon bo’ladi (3-rasm).

Laboratoriya mashg’ulotlari

 

  3-rasm. Rambler qidiruv serverining ko’rinishi

 

Sahifada bugungi kunga qadar to’plangan turli sohaga oid ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Internetning bunday qidiruv tizimlari yordamida istalgan ma’lumotni tez va qisqa vaqt ichida topish mumkin. Faqat buning uchun sizni qiziqtirgan soha nomini tanlashingiz talab qilinadi. Masalan, sohalar bo’limidan sichqoncha yordamida Nauka bandini tanlasak, sport turlari va ularga oid yangiliklar sahifasi nomayon bo’ladi. Bundan kerakli Informatsionniye texnologii turini tanlash mumkin.
3.Internet sahifasida tanlangan biror ob’ektni saqlab qo’yish uchun [Fayl] menyusiga kirib, undan [Sohranit kak]  bandini tanlaymiz. Hosil bo’lgan “Sohraneniye dokumenta” nomli muloqot oynasining “Imya fayla:” yo’lagiga yangi fayl nomini kiritib, shu oynaning quyi qismida joylashgan “Coxranit” tugmasini bosamiz. Lekin bu usul katta hajmli ma’lumotlar bilan ishlaganda biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Bunday holda maxsus FlashGet yoki ReGet dasturlaridan foydalangan ma’qul (4 - rasm).
ReGet dasturining ishlash holati ikki xil: soddalashtirilgan va kengaytirilgan. Soddalashtirilgan holat imkoniyatlari kamroq bo’lsa-da, u dastur bilan dastlab ishlayotgan foydalanuvchilar uchun ancha qulay. Kengaytirilgan holat esa kengroq imkoniyatlarga ega bo’lib, bu imkoniyatlar dastur hujjatida odatda qizil rang bilan ajratilgan bo’ladi. Dasturni ishga tushirish uchun uning quyidagi bosh sahifasi manzillalaridan foydalanish maqsadga muvofiq:
www.reget.net - Regetning  AQShdagi sahifasi;
www.reget.com - Regetning  Rossiyadagi sahifasi.

4 -rasm. ReGet dasturi oynasining ko’rinishi.
Topshiriqlar:
1. C diskda  o’z papkangizni yarating.
2. Internet Explorer dasturini ishga tushiring.
3. Internet  qidiruv tizimiga kiring.
4. Ozbekistonda suv xo’jaligi holati  va suv xo’jaligida  zamonaviy boshqaruv tizimlarini qo’llashga oid  ma’lumotlar yig’ing.
6. Ma’lumotlardan nusxa oling  va o’z papkangizga ko’chiring.
7.  Laboratoriya ishni rasmiylashtiring.
Nazorat savollari:

  1. Brauzer dasturlarni vazifalari?
  2. Qanday brauzer dasturlarni bilasiz?
  3. Internet Explorer brauzer dasturining ekran elementlari?
  4. Asosiy menyu buyruqlari, ularning vazifalari?
  5. Vositalar panelini o’rnatish, vositalardan foydalanish?
  6. Adres qatori nima, uning vazifasi?

Adabiyotlar ro’yxati:
1. Douglas E. Comer. Computer Networks and Internets (6th Edition). Pearson. USA, 2014. 672-pages.
2. James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down approach (6th Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA,2013,889-pages
3. M Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma- T.: “Noshir”, 2009 y.
4. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. - Т.: Oʻqituvchi, 2011y.
5. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y.